Non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish oziq-ovqat sanoatining muhim va rivojlangan sohalariga aylanib bormoqda. Yil sayin non va qandolat mahsulotlariga talab ortib ularning turlari ko‘payib bormoqda. Non va qandolat mahsulotlari uglevodlarga boy ozuqa hisoblanadi. Navoiy shahrida joylashgan “Favorit lyuks servis” korxonasida non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTEST” markazi Navoiy filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar muvofiqligini baholanib qandolat mahsulotlarini sifat ko‘rsatkichlari sinovdan o‘tkazilib, ayni damda korxonada ISO 22000 standartini joriy etish uchun hujjatlar tayyorlanib muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.