Qoraqalpog‘iston Respublikasida siqilgan gazni sinash yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli qarorining belgilangan 2016-2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi komplekslariga kiruvchi vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari tarkibidagi korxonalarning sinov laboratoriyalarini yangi sinov uskunalari bilan jihozlash hamda yangi laboratoriyalarni tashkil qilish belgilangan.

Ushbu topshirqni bajarish maqsadida Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazi DK sinov majmuasiga yangi zamonaviy “Kristallyuks” 4000-M markali uch detektorli gazli xromatograf xarid qilindi va akkreditatsiya doirasini kengaytirish maqsadida “O‘zstandart” agentligi akkreditatsiya boshqarmasiga hujjatlar to‘plami topshirildi.

Ushbu uskuna xarid qilingandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi avtransportlarga siqilgan gaz quyish shaxobchalari mahsulotlarini sinovlarini o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Eslati o‘tamiz, avvallari bu ishlar Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda bajarilar edi.