Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi rahbariyatining yanvar-fevral oylarida katta miqdorda olgan oylik maoshlari va markaz ishchilari oyliklarida cheklovlarni yuzaga kelayotgani yuzasidan “Qalampir.uz” va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi chop etilgan maʼlumotlarga oʻz munosabatini bildiradi.
Agentlik rahbariyati tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holatlar yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi. Unga koʻra, markaz rahbariyatining yanvar-fevral oylarida olgan oyliklari haqida toʻplangan barcha maʼlumotlarga huquqiy baho berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etilganligi hamda markaz ishchilari oyliklarida cheklovlarni yuzaga kelayotgani toʻgʻrisadigi maʼlumot oʻz tasdigʻini topmaganligini maʼlum qilamiz.
Oylik ish haqi 6-aprel sanasida, aprel oyi uchun avans toʻlovlari 17-aprel, Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan berilgan mukofot 19-aprel kuni va mart oyi yakunlari boʻyicha oylik mukofot toʻlovlari 27-aprel sanasida amalga oshirilganligi aniqlandi.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori shaʼniga nisbatan zid boʻlgan, tasdiqlanmagan maʼlumotlarni berish yoki obroʻsizlantirishga olib keladigan axborotni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishiga asos boʻlishi va agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat qilinishini maʼlum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoq masʼullaridan eʼlon qilinayotgan axborotning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishlarini va axborot beruvchi bilan birgalikda uning toʻgʻriligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda masʼul ekanliklarini eslatib oʻtamiz.
Agentlik matbuot xizmati zarur holatlarda maʼlumotlarga aniqlik kiritish uchun barcha OAV va ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini yana bir bora eslatib oʻtamiz.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish