Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohotlar — inson shaʼni va qadr-qimmati uchun” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda Yangi Oʻzbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlash, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar boʻyicha maʼlumotlar berilmoqda.