Soʻngi yillarda “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Xalqaro savdo markazi bilan standartlashtirish, muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlik koʻlami kengaytirildi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqildi.
Bugun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida Xalqaro savdo markazi (ITC, Jeneva) ekspertlari Xemradj Ramful va Xema Menon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlar, soha yoʻnalishlarida navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, shuningdek moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan standartlashtirishga oid yangi qonun imzolanganligi Xalqaro savdo markazi ekspertlari tomonidan yuqori baholandi va oʻz navbatida agentlik tomonidan Xalqaro savdo markazi (ITC, Jeneva) ekspertlariga qonunni ishlab chiqishda koʻrsatgan amaliy yordamlari uchun minnatdorchilik bildirildi.
Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining laboratoriyalar faoliyati va Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining etalonlarni rivojlantirishga qaratilgan laboratoriyalar texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Institutda milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi Xalqaro savdo markazi (ITC, Jeneva) tomonidan eʼtirof etildi.
Tadbir yakuniga koʻra standartlashtirish, muvofiqlikni baxolash va texnik jihatdan tartibga solish soxasida keng koʻlamli doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi