Joriy yilning 20-22-oktabr kunlari Bishkekda Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, Koreyaning Qirgʻiziston Respublikasidagi KOICA xalqaro hamkorlik agentligi shuningdek, Qirgʻiziston oʻrmon va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi hamkorligida “ORGANIC EXPO-2022” koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur forumda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakili ham ishtirok etib, xalqaro organik standartlarini joriy qilgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda hamda oʻzaro tajriba almashmoqda.