Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “SMIIC” tashkiloti bilan olib borilgan hamkorligi natijasida grant tanlovda xodimlarimiz muvaffaqiyatli oʻtdilar.
Natijada, agentlik Xalqaro hamkorlik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, “UzTest” markazi sifat nazorati markaziy laboratoriyasi boshligʻi hamda “UzTest” markazi Buxoro va Namangan filiali mutaxassislari Qozogʻistonda MDH davlatlar mutaxassislari uchun tashkil etiladigan trening-seminarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldilar.