Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish va mahsulotlarni standartashtirish masalalari Kompleksi tarkibidagi idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining 2015 yil 2-yarim yillik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul rejasiga asosan, “O‘zstandart” agentligi rahbariyatining mazkur masallar yuzasidan sayyor qabuli davom etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, rejaga asosan shu kungacha Respublikamizning Qo‘ng‘irot tumani, Samarqand shahri, Farg‘ona tumani, Chirchiq shahri Guliston tumani hamda Jizzax va Qarshi tumanlarida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Navbatdagi qabul esa 19 noyabrda Namangan shahrida o‘tkazildi.
Joylarda tashkil etilayotgan uchrashuvlarda jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirayotgan savollariga javob olmoqdalar. Xususan, “O‘zstandart” agentligi tizimiga tegishli bo‘lgan O‘lchov vositalari ustidan Davlat metrologik tekshiruvi, Korxonalarga sifat tizimini joriy etishning afzalliklari, Sertifikatlashtirish idoralarining faoliyati va Standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishlaridagi yangiliklar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy xuquqiy xujjatlarning ahamiyatiga doir yangiliklardan xabardor bo‘lmoqdalar.
Namangan shahrida o‘tkazilgan navbatlagi uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori ishtirok etib, Respublikamizdagi tadbirkorlik faoliyatiga berilayotgan e’tibor va mazkur tizim Prezidentimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlarnayotganligi sababli hozirga kelib o‘zining ijobiy samarasini berayotganligiga e’tibor qaratdi. E’tiborli tomoni shundaki, uchrashuvda Namangan Muhandislik texnologiyalari Institutining bir guruh talabalari va professor o‘qituvchilari qatnashib “O‘zstandart” agentligi tizimiga yaqin bo‘lgan yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlari va keyinchalik mutaxassislarni Namangan Standartlashtirish va merologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazlariga ishga joylashtirish masalalrida ham hamkorlik rejasi tuzildi.
Albatta bunday ochiq oydin tarzda tashkil etilayotgan sayyor qabullar mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar, sifatli maxsulotlar ishlab chiqarishga berilayotgan e’tibor va qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirishga xizmat qiladi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish