Joriy yilning 29-30-iyun kunlari Qirgʻiziston standartlashtirish va metrologiya markazi vakillari Texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻldilar.
Qirgʻiziston standartlashtirish va metrologiya markazi direktori oʻrinbosari NURMATOV Bolot Asanovich rahbarligidagi delegatsiya Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati koʻrib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlarga sohaga joriy etilgan yangiliklar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalari va etalonlarni rivojlantirishga qaratilgan texnik bazalari bilan yaqindan tanishtirildi.
Mehmonlar milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligini yuqori baholadilar.
Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi