Joriy yilning 27 dekabr kuni “O‘zstandart” agentligida sifat menejment tizimlariga xalqaro darajada tan olinadigan muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish vakolatiga ega sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, 2017 yilda mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda xalqaro darajada sifat menejment tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish xolati, shuningdek, sertifikatlashtirish idoralari tomonidan xalqaro darajada sertifikatlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida, respublika mahsulot eksport qiluvchi korxonalarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida sifat menejment tizimlarini joriy etishga, shu jumladan tizimni xalqaro darajada sertifikatlashtirish zarurligi aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, sertifikatlashtirish idoralari tomonidan eksporter korxonalarning rahbar va mutaxassislarni o‘qitish hamda sifat menejment tizimlarini xalqaro darajada joriy etish va sertifikatlashtirish ishlarni kengaytirish va jadallashtirish tavsiya etildi.