Agentlik tizimidagi Davlat nazorati departamenti masʼullari tomonidan Chilonzor tumanidagi “Nur-tex” va Uchtepa tumanida joylashgan “Uchtepa nur tekstil” sanoat korxonalarida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi.
Bunda ishlab chiqarish korxonalarga maxsus ish kiyimlari va tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish uchun Oeko-Tex standarti 100 xalqaro sertifikatiga ehtiyoji borligi maʼlum boʻldi.
Mazkur korxonalarga Oeko-Tex standartining talablari tushuntirildi va xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatlashtirish uchun hamkorlikda ishni tashkil etishga kelishib olindi.