Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Samarqand viloyati hududiy filiallarida viloyat ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan “Mardlar qoʻriqlaydi vatanni” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvga viloyat ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimi F.Begmurodov ishtirok etib, Mustaqillik yillari Oʻzbekistonda harbiy-siyosiy sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida yurtimiz xavfsizligi, tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir, zamonaviy, eng yangi qurol-yarogʻlar hamda harbiy texnika bilan taʼminlangan, mutlaqo yangi Milliy armiya vujud kelganligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.