Bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti rahbariyati institut yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Yil yakuni arafasida tashkil etilgan navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvda ishtirokchilarning yil davomidagi sohada erishgan yutuqlari, izlanishlar davomida xalqaro ilmiy munozaralardagi munosib ishtiroki va ular tomonidan intellektual gʻoyalarning eʼlon qilinganligi alohida eʼtirof qilindi.
Bir qator metrolog yoshlarning chet ellarda malaka oshirib kelib talabchanlik bilan oʻz ustida ishlab yaxshi natijalarga erishayotganligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuvda institut rahbariyati tomonidan doimiy muloqotda ish yuritish samarali ekanligi, sohaga doir izlanishlar olib borishda jahon tajribasidan oʻrganish zarurligi aytib oʻtildi.