Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan 1,4 mln. Yevro mablagʻ loyiha boʻyicha ishtirok etuvchi davlatlar (Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston)ning sifat infratuzilmasini mustahkamlashda olib boriladigan ishlar uchun moʻljallangan “Markaziy Osiyo mamlakatlari sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasi 2019-2022-yillarda amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Markaziy Osiyo mamlakatlari sifat infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, xodimlarining bilim va koʻnikmalarini yana-da oshirish, chet elning malakali ekspertlarini jalb qilgan holda ularga seminar va treninglar tashkil etish, xorijdagi ilgʻor tashkilotlar bazasida oʻz yoʻnalishlari boʻyicha malakalarini oshirishga yaqindan yordam beriladi.
“Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” tomonidan Germaniya Federativ Respublikasining “Atlas International” kompaniyasi bilan imzolangan 93 052 Yevro miqdorida imzolangan shartnoma asosida foto-video fiksatsiya tizimi texnikasi va uskunalarini oʻlchash boʻyicha laboratoriyani tashkil etish maqsadida 2018-2019-yillar davomida “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyiha amalga oshirildi.
Loyiha doirasida:
“ATLAS International AG” kompaniyasi tomonidan respublikaga keltirilgan 20 dona “MultaRadar CD” va 1 dona “Traffistar SR290” rusumli harakat tezligini foto-video fiksatsiya qilish oʻlchash vositalarining metrologik nazorati natijalarini eʼtirof etish yoʻli bilan davlat reyestriga kiritildi;
“OʻzMMI” DQ va “Atlas International” kompaniyasi oʻrtasida laboratoriyada oʻrnatiladigan uskunalarni texnik tavsiflarini oʻrganish, institut xodimlarini Germaniya Federativ Respublikasida malaka oshirishini taʼminlash hamda “Traffistar SR290”, “MultaRadar CD”, “Vektor SR” rusumli oʻlchov vositalari turini tasdiqlash boʻyicha shartnoma imzolandi;
“OʻzMMI” DQ xodimlari Germaniya Federativ Respublikasining Kyoln shahrida joylashgan “Jenoptik Robot GmbH” korxonasiga xizmat safariga borib, “MultaRadar” va “Traffistar” rusumli harakat tezligini foto-video fiksatsiya qilish, turini tasdiqlash hamda davlat sinovidan oʻtkazish ishlarini amalga oshirishdi;
foto-video fiksatsiya tizimi texnikasi va uskunalarini oʻlchash laboratoriyasi uchun talab etiladigan oʻlchash vositalari roʻyxati shakllantirilib, “Atlas International” kompaniyasiga taqdim etildi;
“Atlas International” kompaniyasining taklifiga koʻra foto-video fiksatsiya tizimi texnikasi va uskunalarini oʻlchash boʻyicha laboratoriyani Oʻzbekiston Milliy metrologiya institutining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” laboratoriyasi tarkibida shakllantirilishi kelishilib, yangi laboratoriya uchun talab etiladigan xona toʻliq taʼmirlandi. Bugun 24-noyabrda mazkur laboratorining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Savol va javoblar (savollarga Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti “Geometrik va magnit kattaliklarni oʻlchash boʻlimi” boshligʻi Oybek Xalilov javob beradi):
“Avtotransport vositalarining harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” laboratoriyasi bu nimaga xizmat qiladi?
- Umuman olganda metrlogiya soxasida mazkur soxada xarakat tezligini oʻlchash vositalar i yaʼni xalq tili bilan aytganda fotoradarlarni toʻgʻri ishalishini taʼminlash boʻyicha qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
SUHBATDOSH JAVOB BERADI:
Metorologiya toʻgʻrisidagi qonunning 20-moddasiga muvofiq, transport harakati xavfsizligini taʼminlash foydalaniladigan oʻlchash vositalari, jumladan fotoradarlar xam davriy ravishda metrologik tekshiruvdan (yaʼni qiyoslashdan) oʻtkazilib turilishi lozim,
Ayni paytda yangi turdagi zamonaviy fotovideoradarlarni metrologik taʼminotini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3989-son qarori doirasida Germaniya Federativ Respublikasining “ATLAS International” kompaniyasi bilan hamkorlikda foto-video fiksatsiya tizimi texnikasi va uskunalarini oʻlchash boʻyicha laboratoriya tashkil etish va akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha topshirigʻiga asosan vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Germaniya Federativ Respublikasining “JENOPTIK Robot GmbH” korxonasi tomonidan avtotransport vositalarini foto-video fiksatsiya tizimini metrologik tekshiruvdan oʻtkazishda foydalaniladigan naʼmunaviy oʻlchash vositalari bilan taʼminlanib, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida zamonaviy laboratoriya tashkil etildi.
Mazkur laboratoriyaning umumiy quvvati 1-oyda 500 dona.
SAVOL: -Bu avtotransport vositalarining harakat tezligini oʻlchash vositasining oldingilaridan farqi, afzalliklari nimada?
SUHBATDOSH JAVOB BERADI:
Avtotransport vositalarining harakat tezligini oʻlchash vositasining oldingilaridan farqi hamda afzalliklari toʻliq onlayn tizimiga oʻtilgan boʻlib. Bunda inspektorning aralashuvini oldi olinadi. Bu esa korrupsagen, tanish-bilishlarni oʻrtaga solishdek salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Xox mobil boʻlsin xox statsionar boʻlsin toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl xarakati xavfsizligi boshqarmasining bazasiga qoyda buzarliklarni yoʻnaltiradi.
SAVOL:- Amaliyotga tatbiq etilayotgan foto-video fiksatsiya tizimi texnikasi Germaniyadan keltirilgan. Bu texnikaning taʼmiri, sifatini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
SUHBATDOSH JAVOB BERADI
Loyiha doirasida fotovideoradarlarni Invester (Atlas) tomgonidan toʻliq servis xizmatlarini koʻrsatish kafolatlanadi.
SAVOL: - “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” loyihasini tatbiq etishda yurtimizda kadrlar yetarlimi?
SUHBATDOSH JAVOB BERADI
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti”ning 2 nafar xodimi Germaniya Federativ Respublikasining Kyoln shahrida joylashgan “JENOPTIK Robot GmbH” korxonasiga xizmat safariga yuborilib, malakasini oshirib keldi. Qolaversa JENOPTIK Robot GmbH” korxonasining malakali mutaxassislari tomonidan onlayn oʻquv kurslari tashkil etilib 4 nafar xodimlar oʻz malakalarini oshirib maxsus sertifikatlar bilan taʼminlandilar.
“MultaRadar” va “Traffistar” rusumli harakat tezligini foto-video fiksatsiya qilish, turini tasdiqlash hamda davlat sinovidan oʻtkazish ishlari amalga oshirildi;
SAVOL: - “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” laboratoriyasi texnik jihatdan toʻla taʼminlanganmi?
SUHBATDOSH JAVOB BERADI
Xa albatta xozirda respublikada mavjud Oʻlchash vositalari davlati reyestriga kiritailgan 15 turdan ortiq radarlarni metrologik tekshiruvini oʻtkaziga toʻliq texnik imkoniyatlar mavjud.
Misol uchun NEKSIYA-3 avtomobiliga oʻrnatilgan mobil radarlarni xam metrologik taʼminoti shu kunlarda taʼminlandi.
SAVOL: - Mana shu yangi avtotransport vositalarining harakat tezligini oʻlchash vositasi amaliyotga tatbiq etilsa qanchalik darajada ijobiy natijaga erishish mumkin?
SUHBATDOSH JAVOB BERADI
Ushbu zamonaviy harakat tezligini oʻlchash vositalarini amaliyotga tadbiq etilishi birinchidan, aniq oʻlchashlarning oshishi, ikkinchidan, onlayn axborot tizimini joriy etilishi boʻlsa uchunchidan barcha xarakat ishtirokchilarini nazoratini taʼminlash imkoni yaratiladi.
Bundan tashqari mazkur tizim, xavfsizlik nuqtai-nazaridan xam keng imkoniyatlarni yaratadi.
Matbuot xizmati
Tel: 99 729-44-62