“Oʻzstandart” agentligi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va BMT Taraqqiyot Dasturi loyiha ekspertlari hamkorligida viloyatdagi fermer xoʻjaliklari va eksportyor korxonalari uchun xalqaro Global G.A.P. standartini joriy etish boʻyicha seminar tashkil etildi. Seminarda Qashqadaryo viloyatidagi 50 dan ortiq fermer xoʻjaliklari va eksportyor korxonalarining vakillari ishtirok etdi.

Global G.A.P. standartning joriy etilishi nafaqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini oshiradi, balki eksport mahsulotlari bozorlarini kengaytirish va fermer xoʻjaliklarining daromadlarini oshirishga imkon beradi.