“O‘zstandart” agentligi Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Standartlar instituti, “UzTest” markazi hamda Ekologiya davlat qo‘mitasi mutaxassislari hamkorligida onlayn tarzda uchrashuv tashkil etildi.
Unda aholi yashaydigan hududlarda joylashgan yirik sanoat korxonalarida ekologiya va atrof muhitga zararni kamaytirish maqsadida xalqaro ISO14001 standarti talablariga muvofiq ekologik menejment tizimi bo‘yicha korxonalar faoliyati misolida ma’lumotlar berildi.
Seminar treningda korxona vakillariga ISO14001 “Ekologik menejmenti tizimi” xalqaro standarti talablari va mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.
Korxona mas’ullari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob berildi hamda ekologik menedjment tizimini joriy etishda amaliy yordam ko‘rsatilishiga kelishib olindi.