Tadbirda «CCIC Almaty» tashkiloti bosh direktori Syuy Vensyan, ushbu tashkilotning muvofiqlikni baxolash bo‘yicha ekspertlari Shen Tao, Anna Novikova,
Yu Anjun, Chjan Tyanszyun, Shi Gefen, Van Szyuye, Go Min, «O‘zstandart» agentligi, «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat korxonasi mas’ul xodimlari, respublikamizning viloyatlardagi 20dan ortiq mahalliy fermer xo‘jaliklari va eksportyor korxona vakillari ishtirok etdi.
CCIC ekspertlari tomonidan ishtirokchilarga prezentatsiya orqali qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilishdagi talablar, sinov va sertifikatlashtirish jarayonlari tushintirildi.
Shu bilan birga jahon bozorida qishlok xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borayotganligi sababli, Xitoy davlatida yetishtiralayotgan mahsulotlarning milliy va xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash uchun GLOBAL GAP va Organic standartlarni joriy etishga alohida e’tibor berilayotganligini ta’kidlab o‘tildi.