Bu COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan kiber-xatarlarga jiddiy munosabatda bo‘lishimizni talab etadi.
Joriy yilning 2 iyul kuni Halqaro standartlashtrish tashkiloti eksperti doktor Edvard Xamfri ishtirokida “COVID-19. Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini boshqarish(ISO / IEC 27001)” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.
Vebinarda bugungi kunda keng tarqalgan kiber-xavflar, xususan, COVID-19 pandemiyasi paytida aniqlangan muammolar muxokama qilindi.
Shuningdek, ISO/ IEC 27001 «Axborot texnologiyalari» xalqaro standartini qo‘llash masalalari, Himoyani ta’minlash usullari, Axborot xavfsizligi tizimlari, kiberxavf-xatarlarni kamaytirish, sertifikatlashtirish muammolarini hal qilishda amaliy yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, kiber-xavflar bilan bog‘liq ba’zi muammolarni hal qilish uchun ISO / IEC tashkilotlari ko‘p yillar davomida tashkilotlarga bunday xavflarni yengishda yordam beradigan standartlar to‘plamini ishlab chiqdi.
COVID-19 pandemiyasi bizning ma’lumotlarimizni, mavjud tizimlarimizni
va infratuzilmani himoya qilish uchun ISO/ IEC 27000 standartlarni qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, tadbirda ISO / IEC 27001 oilasidagi standartlar va ular kiber xatarlarni yumshatishda qanday yordam berishi mumkinligi haqida tomonlar fikr almashishdi. Vebinar yakunida, ISO / IEC 27001 sertifikati va hozirgi COVID-19 holati paytida baholash va audit o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar muxokama qilindi.
Tadbirda “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari ham ishtirok etdi.