Matbuot anjumanida Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mas’ullari jurnalistlarga metrologiya tizimi oldida turgan dolzarb vazifalari yuzasidan ma’lumot berdilar.


Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, soha rivoji yo‘lidagi e’tibor natijasida o‘lchash turlariga yana 4 ta, kalibrlash va o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sinovlari qo‘shilib O‘zbekiston milliy metrologiya institutining 16 ta hududiy filiallari tashkil etildi. Natijada:

  • Ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi yagonalashtirildi;
  • Akkreditatsiya doirasiga muvofiq joylarda shartnoma berish va logistika orqali xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi;
  • Tabirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida logistika (sayyor xizmat) tizimi yo‘lga qo‘yildi;
  • O‘lchash natijalarini bir xilligini ta’minlash maqsadida sertifikatlarni rasmiylashtirilishi yagona tartibi joriy qilindi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 698 – sonli qarorini sifatli ijro etish maqsadida ta’minotchilarga maishiy hisoblagichlarni tashish uchun ko‘maklashish maqsadida filiallarga “Damas” rusumli avtoulovlar biriktirildi;
  • Maishiy hisoblagilarni qiyoslash murojatlarni qabul qilish va xizmatlarni taqdim etish uchun “metrologiya.nim.uz” axbort tizimi “yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”ga integratsiya qilindi.

Tadbirkorlik subektlari tomonidan Toshkentga o‘lchash vositalarini tekshirtirish uchun olib kelishi 2019 yil yanvar – fevral oylarida 2 022 donani tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilning shu oylari oralig‘ida bu raqam 4 baravarga kamayib 543 donani tashkil etdi.
2021-2022 yillarda hududlarda umumiy qiymati 13 747,9 ming AQSh dollori miqdorida bo‘lgan “Kalibrlash laboratoriyalarini tashkil qilish” loyihasi bo‘yicha 13 ta filialda 26 ta laboratoriya tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu laboratoriyalar uchun 3 192 ta uskuna xarid qilinib, 37 nafar malakali xodimlar tayyorlananadi va kimyo, termometriya, uzunlik, massa termometriya, fotometriya va radiometriya, elektriya va magnetizm yo‘nalishlarida metrologik faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3663-son qaroriga asosan hamda respublikada olib borilayotgan o‘lchashlar natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida xalqaro o‘lchovlar va tarozilar Byurosiga (BIPM) 2018 yilda a’zo bo‘ldi. Bu a’zolik doirasida shu yilning o‘zida BIPMning kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvni (CIPM MRA) imzolandi.
Kelishuvga binoan 102 ta a’zo mamlakatlarning milliy metrologiya institutlarining kalibrlash va o‘lchash natijalarini o‘zaro tan olinishi ta’minlanadi.
Hozirda institut tomonidan KOOMET loyihalari doirasida 12 ta solishtirish, ya’ni 2 ta qo‘shimcha (hajm va fotometrik o‘lchash turi bo‘yicha) va 10 ta pilot (elektr,radio, suyuqlik zichligi, kinematik qovushqoqlik, harorat (2), fotometriya, massa (2) va signal chastotasi o‘lchashlari) ishlarini olib borilmoqda.
Matbuot anjumani so‘nggida jurnalistlar savollariga javob oldilar.