“O‘zstandart” agentligi mahalliy eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga xalqaro standartlarini joriy etish yuzasidan amaliy ko‘mak bermoqda.
Agentlik bu sohada GLOBAL GAP tashkiloti ekspertlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

  
Mamlakatimizda bugungi kunga qadar 47 ta korxona GLOBAL GAP sertifikatiga ega bo‘lganligi va “O‘zstandart” agentligi tomonidan COVID 19 pandemiyasi davrida mahalliy fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan "AGRO LIGHT BUSINESS" va "Ezgulik Sari Agro" fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Ommaviy axborot vositalari ishtirokida tashkil etilgan mediatur jarayonida mazkur korxonalarga xalqaro GLOBAL GAP standarti asosida sertifikatlar topshirildi. Ushbu xalqaro standart asosida sertifikatlashtirilgan korxonalarga o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilishda imkoniyat yaratildi.
Shuningdek, hozirda Toshkent viloyatidagi “Madina oxang agro” MChJ va “Lead agriculture dewelopment” MChJ QK korxonalarida GLOBAL GAP standarti asosida sertifikatlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.