“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi boshqarma, korxona va aksiyadorlik jamiyatlarida ISO 45001 va ISO 14001 xalqaro standartlarini joriy etish doimiy tahlil qilib borilmoqda.

Yaqinda jamiyat tasarrufidagi beshta boshqarma va “Andijonneft” AJ, “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ, uchta neftni qayta ishlash zavodi, beshta neftbaza, “Maxsusenergogaz” AJ va “Oʻzneftgaz burgʻulash ishlari” MCHJ, “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QKlarda ISO 45001(sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi) va ISO 14001(ekologik menedjment) xalqaro standartlarining faoliyati tahlil qilindi va standartlarni boshqarish boʻyicha amaliy yordam berildi.

Shuningdek, tahlil jarayonida 12 neftbaza (Jizzax, Guliston, Termiz, Buxoro, Urganch, Taxiatosh, Marokand, Andijon, Fargʻona, Turaqoʻrgʻon, Qarshi va Navoiy) korxonalariga xavflilikni identifikatsiyalash, xavflar va risklarni baholash reyestrini ishlab chiqishda ham amaliy koʻmak koʻrsatildi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish, Muborak va Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida standartlar tatbiq etish ishlari oʻtkaziladi.

Ustyurt GQCHB, “Ustyurt qidiruv burgʻulash boshqarmasi” MCHJ, “Urganch neft bazasi” MCHJ obyektlari boʻyicha ISO 45001 va ISO 14001 xalqaro standartlar talablari shu yilning uchinchi choragi oxirigacha joriy etish koʻzda tutilgan.
 

“Oʻzbekneftgaz”AJ matbuot xizmati
OʻzA