Xalqimiz salomatligini asrab-avaylash ustuvor masala etib belgilanishi bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini tanazzul holatga kelib qolmasligi uchun Koronavirusga qarshi kurash davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinib, alohida imtiyozlar Davlat tomonidan taqdim etildi.
Aynan shu maqsad va vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, xususan:
- “O‘zstandart” agentligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan pandemiya davrida murojaatlarni onlayn tarzda qabul qilish va ish faoliyatni masofaviy tarzda olib borishni yo‘lga qo‘yildi;
- COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga standart soxasida qulaylik yaratish maqsadida ASTM International tashkiloti (AQSh)ning himoya kiyimlarga va uning sinoviga oid 24 ta standarti, ISO tashkilotining ISO 13982-1:2004 Protective clothing for use against solid particulates — Part 1: Performance requirements for chemical protective clothing providing protection to the full body against airborne solid particulates (type 5 clothing) standarti qabul qilindi;
- Yevropa Ittifoqining EH 14683:2014 standarti asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tibbiyot niqoblariga davlat standarti ishlab chiqildi
va tasdiqlandi;
koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida antiseptik gellar va tozalash vositalarini bepul sinovdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yildi;
- 3378ta eksporter korxonalarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya sohalariga oid mavjud muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatildi;
- aholining sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida infraqizil tibbiyot termometrlari tekshiruvini ushbu davrda bepul amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi, shu kunga qadar jami 20600 dona tibbiyot infraqizil termometrlari davlat metrologik tekshiruvidan bepul o‘tkazildi;
- Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining navbatdagi yig‘ilish qaroriga asosan Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish choralari amal qilish davrida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (maishiy hisoblagichlar) qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari joriy yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi.
- kasallikni aniqlash, profilaktika va davolash uchun zarur bo‘lgan 280 dona o‘lchash vositalari 90 yaqin tashkilotlarning arizalariga asosan metrologik tekshiruvdan o‘tkazildi.
Faoliyatni takomillashtirish, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda koronavirus epidemiyasiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashish maqsadida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Jaxon Banki, GLOBAL G.A.P tashkiloti, Ruminiya, Gretsiya, Niderlandiya, Singapur davlatlarining xalqaro sertifikatlashtirish idoralari bilan onlayn muloqotlar o‘tkazildi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish