So‘nggi yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa agentlik tizimida xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu jarayonlarda tizimli tashkil etilayotgan xalqaro seminar va uchrashuvlarning o‘tkazilayotgani, shubhasiz sohaning istiqbolini belgilash bilan birga yuksak taraqqiyotga yo‘l ochadi.

Joriy yilning 27-29 sentyabr kunlari Dunyoning 6 ta mintaqaviy metrologik tashkilotlaridan biri bo‘lgan Yevro-Osiyo davlat metrologik muassasalari hamkorligi tashkiloti KOOMETning “Qonunlashtiruvchi metrologiya” texnik qo‘mitasining 17-majlisi o‘z ish faoliyatini boshladi. 

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan mazkur majlisning asosiy maqsadi, metrologiya sohasida normalar va qoidalarni muofiqlashtirish, o‘lchash vositalari va tizimlari texnologiyalari, shuningdek metrologik tekshiruv masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, mahalliy tashkilotlar va muassasalar vakillarini metrologiya sohasidagi xalqaro amaliyot bilan yaqindan tanishtirish, chet el mintaqaviy va xalqaro ekspertlarni O‘zbekistondagi metrologik labaratoriyalarining o‘lchash imkoniyatlari bilan tanishtirish, milliy etalonlarimizni xalqaro darajada tan olinishini ta’minlab, Respublikamizda o‘tkazilgan sinovlar va sertifikatlash natijalarini tan olinishiga zamin yaratishdir.