Mamlakatimiz, butun xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni vafot etdi. Shu munosabat bilan 2016 yil 3 sentyabrdan mamlakatimizda uch kunlik motam e’lon qilindi. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalarida O‘zbekistonning davlat bayroqlari tushirildi. 
Toshkent va Samarqand shaharlari ko‘chalarida o‘n minglab vatandoshlarimiz chuqur qayg‘u va ko‘z yoshlari bilan Prezidentimiz bilan vidolashdi. 
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 3 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan «O‘zstandart» agentligi rahbariyati va jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.     

Axborot xizmati