Respublikamizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Birgina 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish umumilliy dasturining qabul qilinib hayotimizga izchil tadbiqi natijasida barcha maktablarimiz zamonaviy qiyofaga ega bo‘ldi.
Buning natijasida o‘quvchilarimiz barcha qulayliklarni o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim maskanlarida o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar.
Har yili “O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tashabbusi bilan agentlik va uning tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlarini birinchi sinfga qadam qo‘yishlari munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Mustaqillik bayramining 25 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda bolajonlarimizga bayram sovg‘alari topshirildi.
Bunga javoban jajji o‘g‘il-qizlarimiz o‘zlari yod olgan sherlari bilan yig‘ilganlarni mamnun qildilar.
Oq yo‘l sizga aziz farzandlar!
Axborot xizmati