Joriy yilning 14 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligida Germaniyaning Federal fizika-texnik instituti (PTB) ekspertlari Oliver Dittxardt, Klemens Sanetra, Kristian Seufert ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda “Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” yangi loyihasi, uni amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy va samarali yondashuv usullari, loyixada asosiy urg‘u berilgan sifat infratuzilmasi, metrologiya va akkreditatsiya soxasini rivojlantirish chora-tadbirlari muxokama etildi.


Loyixani amalga oshirish yuzasidan xafta davomida Germaniya Federal fizika-texnik instituti (PTB) ekspertlari va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Standartlar instituti, Akrreditatsiya Markazi, Milliy metrologiya instituti vakillari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.