“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 18 iyuldagi 05-777 sonli qarori bilan alkogol mahsulotlari sohasida quyidagi yangi Davlat standartlari joriy etildi:
- O’z DSt 3091:2016 “Oziq-ovqat xom ashyosidan ishlab chiqarilgan etil spirti va spirtli ichimliklar. Organoleptik tahlil usullari”. Ushbu standart oziq-ovqat xom ashyosidan ishlab chiqarilgan rektifikatlangan etil spirti, 95 foizli ichimlik spirti, hamda spirtli ichimliklar – aroqlar, maxsus aroqlar, viski, rom, likyoraroq mahsulotlariga taalluqli bo‘lib, organoleptik tahlil usullarini belgilab beradi. Standart 2016 yil 1 avgustdan amalga kiritildi (Ilk bor);
- O’z DSt 944:2016 “Uzum vakuum – suslosi. Texnikaviy shartlar”. Ushbu standart vinochilik sanoatida ishlatish uchun mo‘ljallangan uzum vakuum-suslosiga taalluqlidir. Standart 2017 yil 1 martdan amalga kiritiladi (O’z DSt 944:2010 o‘rniga).
Standarlarni sotib olish uchun “O‘zstandart” agentligi “Axborot – ma’lumot markazi” DKga murojaat qilishingiz mumkin:Toshkent sh.,Farobiy ko‘ch., 333A, tel:249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz.
Axborot xizmati