O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyundagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2014-2018 yillarga texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga» muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlik tomonidan «Telekommunikatsiya uskunalarni xavfsizligi to‘g‘risidagi» Umumiy texnik reglament loyihasi (keyinchalik Loyiha) ishlab chiqildi.
Loyihani ishlab chiqishdan maqsad davlat, jismoniy, yuridik shaxslarning mol-mulkini, inson xayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish uchun telekommunikatsiyalarning uskunalariga majburiy talablarni o‘rnatish hamda xavfsizligi va vazifasiga nisbatan iste’molchilarni (telekommunikatsiyalar provayderlari, operatorlari va foydalanuvchilari) adashtiradigan holatlarni oldini olish hisoblanadi.
Umumiy texnik reglamentni qabul qilish zaruriyati, telekommunikatsiya uskunalarini xavfsizligi bo‘yicha yagona talablarni o‘rnatish bilan bog‘liq.
Hozirgi kunda Loyiha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishildi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlik qoshidagi ekspert kengashi tomonidan ijobiy baholandi va mahsus tashkil etilgan Ekspert komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va kelgusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlashga kiritish uchun «O‘zstandart» agentligiga topshirildi.
Loyiha matni bilan bizning saytimizda, quyidagi havola bo‘yicha va «Texnik jihatdan tartibga solish» - «Texnik reglamentlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ogohlantirish» bo‘limida tanishib chiqishingiz mumkin. Loyiha yuzasidan takliflar va mulohazalarni 2016 yil 15 avgustga qadar quyidagi E-mail bo‘yicha «O‘zstandart» agentligiga yuborishingiz mumkin: uzst@standart.uz
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish