“O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishida agentlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy va tarkibiy tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.
Hay’at yig‘ilishini “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasida 2016 yilning birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan Hukumat yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar, va bevosita standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimida amalga oshirib kelinayotgan vazifalarning ijrosiga batafsil to‘xtildi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, agentlik tizimidagi barcha korxona va tashkilotlarning 2016 yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan joriy yilning yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlari va kelgusidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Bulardan tashqari, “O‘zstandart” agentligining 2016 yil 24 maydagi navbatdan tashqari Hay’at yig‘ilishi bayoniga asosan agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini bajarilishi kabi masalalarning ijrosi tinglandi.
Hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Axborot xizmati