O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 1 iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan joriy yilning 12-14 iyul’ kunlari poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz”da xaloqaro yarmarka o‘z ishini boshladi.


Birinchi bor tashkil etilayotgan meva-sabzavot yarmarkasi mamlakatimizda ekologik toza, iste’mollik darajasi bo‘yicha tengi yo‘q poiz-sabzavot, meva va uzum mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash imkoniyatlarini xorijdagi eksport-import va savdo kompaniyalariga ko‘rsatish va ularni yurtimizga jalb etish imkoniyatlarini beradi.


Mazkur xalqaro yarmarka ishida “O‘zstandart” agentligi ham faol qatnashib, jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish jarayonlarida standartlashtirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish va metrologiya yo‘nalishlari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni bermoqdalar.     
    

Axborot xizmati