27-29 iyunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasini (BMT YeIK) quruq va quritilgan mevalarga standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Germaniya, Qirg‘iziston, AQSh, Tojikiston, Turkiya, Fransiya, Halqaro savdo markazining mutaxassislari, shuningdek “O‘zstandart” agentligining vakili qatnashdilar.
Ishchi guruh tomonidan xondon pista yong‘oqlar, quritilgan o‘rik, uzum, anjir, xurmoga BMT YeIK standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha loyihalar tayyorlandi. Yong‘oq mag‘izlarining kolorimetrik shkalasi va yong‘oqqa BMT YeIK standartlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirish risolasi kelishildi.
O‘tkazilgan yig‘ilishning materiallari (bayonnoma, hisobot va tavsiyalar), tayyorlangan loyihalar, shuningdek qishloq ho‘jalik mahsulotlariga BMT YeIK ning standartlari www.unece.org/index.php?id=41417#/ elektron manzilda joylashtirilgan.
BMT YeIK standartlarini ko‘rib chiqish va ularni qo‘llash masalalari bo‘yicha Siz “O‘zstandart” agentligining “Axborot-ma’lumot markazi” DK ga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh.,Farobiy ko‘ch., 333A, tel:249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz.
Axborot xizmati