O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli Qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF)to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, ustav kapitalida 50% ko‘p miqdorda davlat ulushi bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xom-ashyo, material va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinishi belgilangan.

Shu munosabat bilan ILAC va IAF tashkilotlarining to‘laqonli a’zolari ro‘yxati bilan agentlikning rasmiy veb-saytining “Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar” sahifasi orqali hamda quyidagi havolalar orqali tanishiningiz mumkin: