Hurmatli yurtdoshlar, gaz holatida va boshqa yoqilg'i turlarida ishlovchi qurilma va apparatlarni xarid qilishda, sotuvchilardan muvofiqlik sertifikatlarini talab qilishni unutmang va muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan qurilma va apparatlarni xarid qilmang!
Gaz holatida va boshqa yoqilgi turlarida ishlovchi qurilma va apparatlar Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan mahsulotlar turlari qatoriga kiritilgan.
Xususan, gazda holatida ishlovchi qurilmalar (suv isitish qozonlari, ovqat tayyorlash uchun pechlar, isitish tizimi qozonlari va boshq.) bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 30 oktyabrdagi 880-son bilan tasdiqlangan “Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi” to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq ishlab chiqarilishi belgilangan.
Ushbu texnik reglament ovqat tayyorlash, isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi qurilmalar va ularni tarkibiy komponentlariga taalluqli hisoblanadi.
Texnik reglamentda gazda holatida ishlovchi qurilmalar uchun quyidagi yagona xavfsizlik talablari belgilangan:
Yong‘in va portlashga qarshi xavfsizlik talablari;
Elektr xavfsizlik talablari;
Mexanik va termik xavfsizlik talablari;
Ekologik xavfsizlik talablari.
Shu bilan birga texnik reglamentda, ushbu qurilmalar uchun xavfsizlik, boshqarish va rostlash moslamalariga alohida talablar o‘rnatilgan bo‘lib, jumladan har qanday gazda ishlovchi qurilmalar, majburiy tarzda xavfsizlik moslamasi hamda boshqaruv va rostlash moslamalariga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan. Shuningdek gazda ishlovchi qurilmalar, mazkur moslamalar ishdan chiqqan holatda xam xavfsizlik ta’minlab berilishi shart deb ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari ushbu texnik reglament, mazkur qurilmalar uchun foydalanishga (ekspluatatsiya) oid hujjatlar, tamg‘alash va o‘rab joylanishiga talablar o‘rnatilgan. Jumladan qurilmalar uchun foydalanishga oid hujjatlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
qurilma pasporti;
qurilmani montaj qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha yo‘riqnoma;
qurilmadan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma.
Qurilmani tamg‘alash qismida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
- ishlab chiqaruvchi nomi yoki tovar belgisi;
- ishlab chiqarilgan davlat nomi;
- qurilma turi, modeli;
- seriya raqami (to‘p raqami);
- qurilma ishlab chiqarilgan sana;
- nominal issiqlik quvvati yoki nominal issiqlik unumdorligi;
- qo‘llaniladigan gaz turi va nominal bosimi;
- kuchlanishi, tok turi va iste’mol qiladigan elektr quvvati (agar qurilma elektr tarmog‘iga ulanadigan bo‘lsa);
- ogohlantiruvchi yozuvlar.
Ushbu texnik reglamentda belgilangan barcha talablarga rioya qilingan shartida, qurilmalar uchun muvofiqlik sertifikati berilishi mumkin.
Mazkur texnik reglament bilan http://lex.uz/docs/3397661 havola orqali yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish