IMSMI tashkiloti Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar o‘rtasida xalqaro savdo munosabatlarini rivojlantiradi, yangi standartlarni ishlab chiqadi, mavjud standartlarni IHTga a’zo davlatlar o‘rtasida kelishish bo‘yicha ish yuritib, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etadi.
IMSMI tashkilotiga ”O’zstandart” agentligining a’zo bo‘lishi, yurtimizning “HALOL” mahsulot va xizmatlarning bozoriga kirishiga, “HALOL” turizmning rivojlanishiga hamda o‘z navbatida ushbu tizim bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sohalarni ham taraqqiy etishiga asos bo‘ladi.