“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 17-iyundagi MTR-6 sonli qarori bilan «Sirlangan po‘lat xo‘jalik idish-tovoqlar xavfsizligi» to‘g‘risidagi maxsus texnik reglament (keyinchalik Texnik reglament) tasdiqlandi.
Texnik reglament, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga va eksportga chiqariladigan, avval foydalanishda bo‘lmagan (yangi), ovqat pishirish, saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, stol tuzash, sanitar-gigiyenik va boshqa xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangansirlangan po‘lat xo‘jalik idish-tovoqlariga talablarni o‘rnatadi.
Texnik reglamentning talablari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zining faoliyatini ishlab chiqarish va ko‘rsatilgan mahsulotlarni qo‘llash sohasida amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.
Texnik reglament, rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tganidan so‘ng amalga kiritiladi.
Texnik reglmentning matni bilan bizning saytimizda “Texnik jihatdan tartibga solish” – “Texnik reglamentlar” bo‘limida tanishib chiqish mumkin.
Axborot xizmati