Joriy yilning 10 iyun kuni ”O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda qonunchilikning ahamiyati va o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi B. Niyozmatov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’lumot berdi. Hamda o‘zi rahbarlik qilayotgan qo‘mita bilan “O‘zstandart” agnetligi o‘rtasidagi amaliy hamkorlik natijasida ko‘plab davra suhbatlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotganligi ijobiy samaralar berayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Haqiqatdan ham, Respublikamizda istiqlol yillarida aholi salamatligini asrab-avaylash, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari to‘la ta’minlanganligi, bu sohada manfaatdor vazirlik hamda idora vakillarining hamjihatlikda ishlashlari, qonun hujjatlariga to‘liq amal qilinsagina ko‘zlangan maqsadga erishilishi do‘putatlar hamda soha mutaxassislari tomonidan ta’kidlandi.
Shuningdek davra suhbati ishida Respublikamizda “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”,gi me’yoriy hujjatlarning qabul qilinganligi va ularni xalqaro talablarga moslashtirish maqsadida “Muvofiqlikni tasdiqlash sohasida”gi qonunlarning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratildi.
Davra suhbatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, ”O‘zdonmasulot”AK, ”O‘zbekoziqovqatxolding”, va Toshkent shahri Veterinariya boshqarmas, Toshkent kimyo-texnologiya institutining vakillari ishtirok etib, o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Axborot xizmati