Joriy yilning 30 may kuni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2002 yildagi №342 sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan respublikaning turli vazirlik va idoralari vakillari tarkibida tashkil qilingan. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • Ctandartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash hamda qonun hujjatlari va normativ hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
  • Ctandartlashtirish, sertifikatlashtirishni rivojlantirish, takomillashtirish va uning yagona tizimini yaratish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish;
  • Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari texnik qo‘mitalarining standartlashtirish va sertifikatlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash navbatdagi yig‘ilishining kun tartibiga qo‘yidagi masalalar kiritilgan:

  1. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha 2016 yilga mo‘ljallangan dasturning bajarilishi to‘g‘risida;
  2. “O‘zstandart” agentligi, DSENM va davlat veterinariya xizmati laboratoriyalarida texnik reglamentlar va sinov usullariga doir xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha qo‘llaniladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida;
  3. Sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash bo‘yicha “O‘zstandart” agentligitomonidan o‘tkaziladigan ishlar to‘g‘risida; 
  4. O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimini 2016-2020 yillar davrida rivojlantirish va takomillashtirish va keyingi istiqbollari Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Yig‘ilish natijalari bo‘yicha qabul qilingan Qarorlar Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash yig‘ilishining 30.05.2016 yildagi №1-2016 bayonnomasida aks ettirilgan. Ularning orasida - O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimini 2016-2020 yillar davrida rivojlantirish va takomillashtirish va keyingi istiqbollari Konsepsiyasini tasdiqlash.
Hujjatlar bilan saytimizning “Idoralararo hamkorlik” bo‘limida tanishishingiz mumkin.

Axborot xizmati