Muvaffaq ishlar vakili Rimdagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan xamkorlik bo‘yicha tayyorlangan Yo‘l xaritasi, va bu xamkorlik O‘zstandart agentligi bilan xam olib borilishi xaqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng Muvaffaq ishlar vakili R.Qayumovga «O‘zstandart» agentligida maxalliy mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat tanishtirildi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan xamda rejalashtirilayotgan chora tadbirlar bo‘yicha prezentatsiya namoyish etildi.
«O‘zstandart» agentligi raxbari, Muvaffaq ishlari vakiliga Toshkentda Muvofiklikni baxolash bo‘yicha qo‘shma korxona ochish, xorijiy investorlar izlash taklifini berib va ushbu qo‘shma korxona O‘zbekistondagi eksport maxsulotlarni Yevropa bozoriga olib kirishda sertifikatlashtirish vakolatiga ega bo‘lishini tushintirib o‘tdi.
Va shu bilan birga Italiyadagi idoralar bilan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish soxalarida xamkorlik o‘rnatish, o‘zbek mutaxassislarini malakasini oshirish uchun Italiyalik ekspertlarni jalb etish, O‘zbekistonning eksport maxsulotlariga italiya va yevropa tomonidan qo‘yilgan majburiy talablari bo‘yicha to‘laqonli ma’lumot olishga katta qizish borligini aytib, bunday ma’lumot O‘zbekiston eksportyorlariga Yevropa bozorlariga kirishda katta yordam berishini tushintirib o‘tdi.
«O‘zstandart» agentligi tomonidan oziq ovqat maxsulotlari, energiya samaradorligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma laboratoriyalar ochish bo‘yicha qiziqish bildirayotgan Italiya kompaniyalarini izlashda amaliy yordam so‘raldi.
«O‘zstandart» agentligi bosh direktori A.Karimov xuquqiy ekspertiza va xalqaro munosabatlar boshqarmasiga Rimdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan xamkorlik dasturini ishlab chiqish va imzolashga ko‘rsatma berdi.
Suxbat yakunida, R.Kayumov qabul uchun minnatdorchilik izxor etib, «O‘zstandart» agentligi oldida turgan vazifalarni birgalikda xal etish uchun maksimal darajada yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.