20 mayda dunyo xamjamiyati Umumjahon metrologiya kunini nishonlaydi. Bayram Metrik Konvensiya imzolangan sana – 1875 yil 20 may deb belgilangan. Konvensiyaga muvofiq xalqaro ilmiy muassasa – Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV) tashkil qilinib, uning asosida xalqaro o‘lchashlar tizimi ishlaydigan metrik o‘lchovlar tizimi, so‘ng esa SI Xalqaro birliklar tizimi amalga kiritilgan.
Har yili bayram arafasida Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV) hamda Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkilotining (MBZM) rahbarlari Umumjahon metrologiya kuni munosabati bilan dunyo jamiyatiga maktub bilan murojaat qiladilar, uning shiorini belgilaydilar va yechimi metrologik ta’minotni talab etadigan, yilning eng muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarini belgilaydilar.
2016 yilda Umumjahon metrologiya kuni “Metrologiya. Qizg‘in olamda o‘lchashlar” shiori ostida o‘tmoqda. MBMV va MBZM rahbarlarining bayram munosabati bilan yozgan maktublarida shunday deyiladi: “Metrologiya, o‘lchashlar haqidagi fan, inson sivilizatsiyasi kabi qadimiy bo‘lishiga qaramasdan, doim o‘zgarishda davom etadi... bu murakkab masala: qizg‘in o‘zgarayotgan olamda barqaror va aniq o‘lchashlar tizimining afzalliklarini yetkazish. Jamiyatning ko‘p ehtiyojlari yangi texnologiyalar hisobiga qondiriladi, va ularni ta’minlash uchun barqaror va aniq o‘lchashlar qulay bo‘lishi juda muhim. Barchamizga qizg‘in rivojlanayotgan olamda o‘lchash vazifalarini yechish uchun dinamik tashkilotlarda jo‘shqin mutaxassislar talab etiladi”.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi nomidan, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy organi sifatida, “O‘zstandart” agentligi 2001 yildan boshlab Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkilotining a’zosi bo‘lib, bu dunyo metrologiya markazlari bilan aloqalar o‘rnatishga va o‘lchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirishga imkon berdi.
O‘z bilim va tajribalarini o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishiga bag‘ishlayotgan, respublikamizning barcha metrologlarini kasbiy bayrami bilan tabriklaymiz.
Axborot xizmati