Joriy yilning 1 dekabr kuni Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sirdaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida xodimlar uchun ma’rifiy uchrashuv tashkil etilib, unga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh Ommaviy axborot vositalarining xodimlari ham taklif etildi.
Mazkur uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov,Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Hamroqulov va Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori J.Shakarovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda kun tartibidagi masala bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalarining mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir davomida Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori J.Shakarov xodimlarni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bayrami bilan tabriklab, yig‘ilishning asosiy maqsadi, yuqorida aytilganidek, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, oilamiz va farzandlarimizning kamol topishi yo‘lida har qancha mehnat qilsak arzishi haqida gapirib, hozirda ayrim sabablarga ko‘ra yo‘ldan adashgan yoshlarimizni tarbyalab yo‘lga solishimiz,bu borada ko‘proq targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishimiz va xodimlarimiz o‘rtasida ham madaniy-ma’rifiy, axloqiy, tarbiyaviy uchrashuvlar va davra suhbatlarinidoimiy o‘tkazib turish zarurligini alohida ta’kidladi.
Tizimli tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlarni yuqori saviyada va uning ta’sirchanligi oshirishda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar biln hamkorlikni yanada kuchaytirish vazifalari ham belgilab olindi.
Erkin, savol-javob shaklida o‘tkazilgan uchrashuv davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar.