2017 yil 13 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3384-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha loyiha (bundan buyon matnda – Loyiha) doirasida dastlab "Sagemcom” (Fransiya Respublikasi), “ElsterGmbH” (Germaniya Federativ Respublikasi) va “Toshelectroapparat” XK MChJ (O‘zbekiston Respublikasi) kompaniyalaridan 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborlari, shuningdek dasturiy ta’minot, ular bilan birga ishlaydigan uskunalar, boshqa zarur texnik vositalar xarid qilinishi ma’qullangan.
Respublika hududlari bo‘yicha gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish tasdiqlangan rejaga muvofiq, elektr uzatish liniyalari va gaz quvur yo‘llarini modernizatsiyalash bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishi, elektr va gaz ta’minoti infratuzilmasining amaldagi holatini, shahar va viloyat markazlarining ustuvorligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida o‘rnatiladigan priborlarni davriy tekshiruvdan o‘tkazish “O‘zstandart” agentligi tomonidan 10 yilda 1 marta amalga oshiriladi.
Bunda Loyihani amalga oshirish boshlanguniga qadar respublikada ilgari o‘rnatilgan, O‘zbekiston Respublikasi O‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishga ruxsat etilgan. Ko‘rsatilgan hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 04.05.2016 y. 2782 son bilan ro‘yxatga olingan “Tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati” bilan reglamentlangan muddatlarda o‘tkaziladi. Elektr energiyasi hisoblagichlari uchun qiyoslashlararo interval - 4 yilda 1 marta; maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan gaz hisoblagichlari uchun - 4 yilda 1 marta; sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan hisoblagichlar uchun - 2 yilda 1 marta.
Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha xizmat xaqi narxlarni tartibga solish idoralari bilan kelishilgan va deklaratsiya qilingan.
Hozirgi paytda “O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda ishlab chiqilgan Loyiha doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish priborlariga qo‘yiladigan texnik talablarni tasdiqlash ishlari yakunlanmoqda. Bunda talablarni ishlab chiqish vaqtida priborlarning zamonaviy talablarga muvofiqligi, mahalliy iqlimiy sharoitlarda ishlashida ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishi, O‘zbekiston Respublikasida tabiiy gaz nazoratining avtomatlashtirilgan tizimiga integratsiyasi asosiy mezonlar bo‘ldi.
Hisobga olish priborlarida iste’mol qilingan hajmning atrof muhit haroratiga ko‘ra to‘g‘rilanishi, elektr energiyasi yoki tabiiy gazning iste’mol qilingan hajmi to‘g‘risida, hisoblagich holati to‘g‘risida masofadan ma’lumot uzatish imkoni, qarzdorlik yuzaga kelgan holda energiya resurslari uzatilishini blokka tushirish imkoni, o‘z-o‘zini diagnostika qilish, kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan holda, buzilganda, sanksiyalanmagan kirish holatida avariyaviy signallar uzatish imkoni va boshqa funksiyalar mavjud.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish