O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitlarida respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:
1. 2017-yilning 1-dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshirilsin.
2. 2017-yilning 1-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi – oyiga 172 240 so‘m;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 336 880 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 336 880 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 so‘m miqdorida belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2017-yilning 1-dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat byudjetidan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.
5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2017-yilning 1-dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2017-yilning 1-dekabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A.Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2017-yil 20-noyabr
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish