O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga, shuningdek, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilganini alohida ta’kidladi.
Joriy yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolangan ikki mamlakat hududlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim turli tarmoqlarda yaqin hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratgani qayd etildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yaqinda Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tomonlar hududlar darajasidagi aloqalar faollashayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ushbu hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladilar.
Suhbat chog‘ida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zaro savdo hajmi va nomenklaturasini kengaytirish, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Checheniston rahbari O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda otasi Ahmad hoji Qodirov tahsil olgan islom sivilizatsiyasining tarixiy markazlarini ziyorat qilish maqsadida mamlakatimizga tashrifini tashkil qilishga ko‘magi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, u ko‘p millatli o‘zbek xalqiga chuqur ehtiromini bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish borasida olib borayotgan siyosati va xalqaro tashabbuslariga yuksak baho berdi.
Suhbat so‘ngida Ramzan Qodirov ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish