Unda ikki mamlakatning savdo, sanoat, iqtisodiyot, yoqilg‘i-energetika, bank-moliya, elektr texnikasi ishlab chiqarish, sayyohlik, aviatashuv, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, logistika kabi sohalarga ixtisoslashgan firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalko va boshqalar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida so‘z yuritildi.
Rossiya O‘zbekistonning yetakchi savdo sheriklaridan biri. 2016-yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 4 milliard AQSh dollaridan oshgan. O‘zbekistondan Rossiyaga tabiiy gaz, avtomobillar, kimyoviy va to‘qimachilik mahsulotlari, meva-sabzavotlar va boshqa tovarlar yetkazib berilmoqda. Rossiyadan qora va rangli metallar, yog‘och, neft va neft mahsulotlari, elektr texnikalar, qog‘oz buyumlari va farmatsevtika vositalari xarid qilinmoqda.
Mamlakatimizda Rossiya investitsiyalari ishtirokida tuzilgan 961 korxona, Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyadorlari ishtirokida tashkil etilgan 569 korxona faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda ushbu mamlakatning 64 yetakchi firma va kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan.
Forumda mehmonlarga mamlakatimizning sanoat, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, turizm sohalaridagi salohiyati, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, valyuta muomalasini erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston bilan Rossiya ishbilarmonlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, savdo, sarmoya, moliya, energetika va sayyohlik sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish masalalari, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Anjuman doirasida bo‘lib o‘tgan seksiya majlislarida “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish”, “Turizm – hududlar iqtisodiyotini rivojlantiruvchi kuch sifatida”, “Mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda transport va logistika” kabi mavzularga oid ma’ruzalar tinglandi.
Forum doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida xalqaro tijorat arbitraji va mediatsiya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, 2018-2019-yillarda Rossiya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi va O‘zbekiston – Rossiya ishbilarmonlar kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum nizomlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolandi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish