O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015 - 2019 yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi” PQ-2343-sonli qarorini bajarish bo‘yicha ishlar doirasida “O‘zstandart” agentligining 27.04.2016 yildagi DS-sonli qaroriri bilan energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik sohasida Belarusiya Respublikasi (STB) va Rossiya Federatsiyasining (GOSTR) bir qator milliy standartlari o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olindi.

Ushbu standartlar O‘zbekiston Respublikasi hududida, tegishli O‘zbekistonningdavlat standartlari tasdiqlanishiga qadar vaqtincha amal qiladi (27.04.2016 y. dan 01.01.2017 y. gacha).

 Standartlarni sotib olish bo‘yicha savollar va ma’lumotlar yuzasidan “O‘zstandart” agentligining “Axborot-ma’lumot markazi” DK ga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Farobiy ko‘ch. 333 A, tel: 249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz.

Axborot xizmati