2016 yil 26 – 28 aprelga qadar Moskva shahrida texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha Federal agentlik bazasida (Rosstandart) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashning standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida axborot texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha Ishchi guruhning 34-kengashi va standartlashtirish bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning 51 kengashi bo‘lib o‘tdi.
Axborot uchun: Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumati Rahbarlari tomonidan imzolangan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv” asosida 1992 yil 13 martda tashkil etilgan. Kelishuv MDH davlat-qatnashchilarining standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘yicha milliy organlar resurslari va imkoniyatlarini birlashtirish, shuningdek faoliyatning shu sohalarida yagona texnik siyosatni o‘tkazishga yo‘l qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha milliy organ “O‘zstandart” agentligi vakillari bilan bir qatorda, yig‘ilishning ishida quyidagi MDH davlat-qatnashchilari milliy organlarining vakillari qatnashdilar: Belarusiya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Kirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, hamda MGS standartlari bo‘yicha Byuro vakillari.
Ekspertlarga muhokamaga chiqarilgan savollar ichida:
- 2016-2018 yillarga davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha Dasturni amalga oshirish jarayonida (PMS 2016-2018);
- Davlatlararo standartlarga MGS mualliflik huquqini o‘rnatadigan Kelishuv loyihasi to‘g‘risida;
- Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish to‘g‘risida;
- Standartlashtirish bo‘yicha davlatlararo texnik qo‘mitalar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ishlarni olib borish to‘g‘risida;
- Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha ishlar doirasida axborot texnologiyalari rivojlanishini yo‘l xaritasi qoidalarini amalga oshirish to‘g‘risida;
va boshqalar.
Savollarni muhokama qilish natijalari bo‘yicha, milliy organlar rahbarlari darajasida savollarni muhokama qilish uchun navbatdagi bo‘lib o‘tadigan MGS 49-kengashining kun tartibiga kiritish uchun tegishli takliflar va tavsiyalar qabul qilindi.
Yig‘ilish bayonnomalari bilan MGS ning rasmiy saytida tanishib chiqish mumkin. (www.easc.org.by)
Axborot xizmati