O‘zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.
Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning tabrik maktubida bunday deyiladi: "Sizni muhim sana – Ukraina va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman".
Pyotr Poroshenko davlatlarimiz o‘rtasidagi chorak asrlik teng huquqli munosabatlar bundan buyon ham o‘zaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubida o‘tgan vaqt mobaynida mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik aloqalari o‘zaro hurmat, manfaatdorlik va anglashuv ruhida izchil rivojlangani va mustahkamlangani chuqur mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Davlatimiz rahbari "O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham yanada kengayishi va mustahkamlanishiga ishonchim komil", deb ta’kidlagan.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish