Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining "Media-xoll"ida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlarining vakillari, adabiyot, madaniyat va san’at namoyandalari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, jurnalistlar yig‘ilgan tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev va boshqalar buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati ortib borayotgani, xalqimizning manfaatlari, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi ham buning misolidir. Yigirma yillik tarixga ega ko‘rik-tanlov bu yil “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etildi.
Tanlovga adabiyot, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, tasviriy san’at, fotografiya, dizayn, kino yo‘nalishlari bo‘yicha qariyb 500 ijodkordan 5 mingga yaqin ish kelib tushgan. Taqdim etilgan asarlarda istiqlol g‘oyalari, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunini keng aks ettirish, qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizning asosiy omili va mezoni sifatida birinchi navbatda xalqimizning fidokorona mehnati, odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va tafakkuri o‘zgarib, fuqarolik pozitsiyasi tobora kuchayib borayotganini hayotiy dalil va misollar orqali talqin etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Tantanali marosimda turli yo‘nalishlar bo‘yicha 25 g‘olib va sovrindorga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish