Bugun “O‘zstandart” agentligi tomonidan Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlari xususida navbatdagi mutbuot najumani tashkil etildi.
Matbuot anjumani avvalida agentlikning Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov, jurnalistlar uchun tashkil etilgan uchrashuvning mazmuni va belgilangan mavzuga oid o‘z mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J. Mirsaidov matbuot anjumanida hozir bo‘lgan jurnalistlar uchun tayyorlangan ko‘rgazmali ma’lumotlar orqali tahliliy ma’lumotlarni berdi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek “O‘zstandart” agentligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlanishida O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish”, “Mahsulot va xizmatlarni sertfikatlashtirish”, “Texnik jihatidan tartibga solish” va “Muvofiqlikni baxolash” to‘g‘risidagi qonunlari ijrosini ta’minlashda tizimli ishlar bajarilmoqda.
Jumladan, “O‘zstandart” agentligi tomonidan oziq-ovqat maxsulotlari ustidan ikki turdagi nazoratni amalga oshiradi.
Birinchisi bu davlat nazorati;
ikkinchisi sertifikatlashtirilgan oziq-ovqat maxsulotlari ustidan inspeksiya nazorati olib boradi.
Mahsulotlarni standartlarning majburiy talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun, “O‘zstandart” agentligi tarkibida 14 ta Xududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari faoliyat ko‘rsatadi.
agentlikning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan o‘tgan 2016 yil va 2017 yilning hozirgi kuniga qadar, 170 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablarini bajarilishi hamda metrologiya va sertifikatlashtirish qoidilari ustidan davlat nazorati o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan davlat nazorati tekshiruvlarda 340 turdagi oziq-ovqat mahsulotlar sifati va xavfsizligi sinovlardan o‘tkazilib, shundan 80 (23,5 %) turdagi mahsulotlar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan. Jumladan;
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarga standartlar bilan ta’minlanmaganligi;
Tanlab olingan va sinovdan o‘tkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari standartlarda belgilangan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha nomuvofiqligi;
Yorliqlanishi va qadoqlanishi, jumladan ishlab chiqarish sanasini ko‘rsatilmaganligi;
saqlash sharoitlariga nomuvofiqligi;
saqlash sharoitlarini nazorat qilib borish uchun o‘lchov vositalari bilan ta’minlanmaganligi;
muvofiqlik sertifikatisiz ishlab chiqarilishi va sotilishi holatlari tizimli uchrab bormoqda.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 12018 dona o‘lchov vositalaridan 1572 (13 %) donasi qiyoslanmagan holda yaroqsiz holatda foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga 120 marotaba kamchiliklarni bartaraf etish, 32 ta holatda nomuvofiq bo‘lgan mahsulotlarni sotilishini ta’qiqlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
170 ta mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan 38 628,4 ming so‘mni ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shuningdek, oziq-ovqat maxsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha respublikada 37 ta sertifikatlashtirish idoralari faoliyat yuritadi.
Ushbu idoralar tomonidan o‘tgan davr mobaynida 30815 ta muvoffiqlik sertifikati oziq-ovqat maxsulotlariga rasmiylashtirilgan, ulardan 3482 ta muvofiqlik sertifikati ustidan inspeksiya nazorati o‘tkazildi, shundan 639 ta (18%) muvofiqlik sertifikatlarining amal qilish muddatlari tuxtatilgan va 514 ta (15%) bekor qilingan.
Joriy yilda sertfikatlashtirish idoralari tomonidan 9 820 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 2584 ta inspeksiya nazorati o‘tkazildi, shundan 460 ta (18%) muvofiqlik sertifikatlarining amal qilish muddatlari tuxtatilgan va 189 ta (8%)bekor qilingan.
Inspekiya nazorati jarayonida aniqlangan kamchiliklarning sababi, bu:
- oziq-ovqat maxsulotlarini noto‘g‘ri yorliqlanishi;
- saqlash qoydalarini buzilishi;
- texnologik jarayonlarni buzilishi va korxonaga kirib kelayotgan xom-ashyolarni nazoratsiz qolidirish kabi kamchiliklar sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, sinov laboratoriyalar tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijasida o‘tgan 2016 yil 6 oy davomida 2 mlrd. 188 mln. so‘mlik oziq-ovqat masuloti yaroqsiz deb topilgan, 2017 yil 1 iyul xolatiga ushbu ko‘rsatgich 485 mln. so‘mni tashkil etdi.
2016-2017 yillar (1 avgust xolati) davomida 95 ta oziq-ovqat maxsulotlarini sinash laboratoriyalarida inspeksiya nazorati o‘tkazilgan, shundan 59 ta (62%) sinov laboratoriyalarning faoliyati tasdiqlandi, 32 ta (34%) laboratoriyaning faoliyati 10 ish kunga to‘xtatildi, 5 ta (5%) laboratorini faoliyati sud orqali to‘xtatildi va 3 ta (3%)laboratoriyani akkreditatsiyasi guvoxnomasi bekor qilindi.
Inspeksiya nazoratida aniqlangan kamchiliklar, bu asosan:
- sinash ishlarida muddati o‘tgan prekursorlardan foydalanishi;
- sinov sharoitlari to‘liq ta’minlamaganligi;
- namunalarni saqlash qoydalariga rioya etilmasligi;
- sinash uskunalarini metrologik ta’minotdan o‘tkazilmaganligi va me’yoriy xujjatlarda belgilangan ko‘rsatgichlar bo‘yicha to‘liq sinov o‘tkazilmaslik xolatlari.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan agentlik tizimini takomillashtirish, uning samaradoligini yanada oshirish, agentlikka yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishiga erishish va xalqaro tashkilotlar talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935 sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi asosiy vazifalar belgilab berildi:
xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish orqali mahsulotlarning sifatini yaxshilash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;
standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligining tizimli nazoratini ta’minlash samaradorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;
soxada xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Mahsulotlar sifatini xalqaro talablarga yetkazish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida, tasdiqlangan dasturlarga asosan 2017 yilda 2 096 ta, shundan 1 265 ta eksporter korxonada sifat menejmenti tizimlarini joriy etish belgilangan.
Standartlashtirish sohasida halqaro standartlarni qo‘llanilishi ustivor qilib belgilangan bo‘lib, oziq – ovqat mahsulotlariga oid 82 ta davlat standarti halqaro ISO standartlari bilan to‘liq uyg‘unlashgan.
Ichki bozorni va iste’molchilarni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida o‘tgan 2016 yil davomida jami 1 mlrd. 103 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgich 2017 yilning hozirgi kunga qadar (500.000) besh yuz milyon so‘mni tashkil etdi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish