Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashidagi deputatlik guruhi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi bo‘yicha viloyatda 2014-2016-yillarda xususiylashtirilgan va “nol” qiymatda sotilgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligi masalasi muhokama qilindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roliga alohida e’tibor qaratilgani partiyalar faoliyatida faollik va samaradorlik oshishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
– Harakatlar strategiyasi joriy ish rejalarimizni qayta ko‘rib chiqish asosida faoliyatimiz ko‘lamini kengaytirish, yanada amaliy natijalarga erishish borasida aniq maqsad va vazifalarni belgilab berdi, – deydi xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi raisi M.Usmonov. – Deputatlik guruhi elektorat manfaatlariga oid qonunlar, farmon va qarorlar hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini nazorat qilish, muammolar yechimini ta’minlash, doimiy komissiyalar, sessiyalarga masalalar kiritish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, deputatlik guruhi rejaga asosan jamoatchilik nazorati tartibida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi bo‘yicha viloyatda 2014-2016-yillarda xususiylashtirilgan va “nol” qiymatda sotilgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish ahvolini o‘rgandi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, 2014-2016-yillarda 22 milliard 420 million so‘mlik 111 obyekt xususiylashtirilgan. 67 obyekt 64 milliard 881 million so‘mlik investitsiya kiritish va 3000 dan ziyod ish o‘rni yaratish sharti bilan hukumatning amaldagi qarorlari asosida “nol” qiymatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan.
Mazkur obyektlar o‘rganilganda, mulkdan samarali foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan subyektlar bilan birga, tasarrufiga olgan davlat mulkidan foydalanishda turli muammolar tufayli kutilgan natijaga erisha olmayotgan subyektlar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, Mingbuloq tumanidagi 10-umumta’lim maktabining foydalanilmayotgan binosini 450 million so‘m investitsiya kiritish va 27 ish o‘rni yaratish sharti bilan tasarrufiga olgan “Teks Debo Sabot” mas’uliyati cheklangan jamiyati binoni 350 million so‘m mablag‘ sarflab ta’mirlagan, uskunalarni o‘rnatishga tayyorlagan. Biroq, to‘qimachilik fabrikalaridan kalava ipni sotib olish shartnomasini tuzish, tabiiy gaz, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar tufayli kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish faoliyati to‘xtab qolgan va ishchilarga o‘z hisobidan noma’lum muddatga ta’til berib yuborilgan. Shuningdek, korxona “Mikrokreditbank” Mingbuloq filialidan kredit olish masalasida ham amaliy ko‘makka muhtoj.
Yig‘ilishda bu kabi misollar viloyatdagi barcha tumanlarda ham mavjudligi ta’kidlanib, ushbu masala yuzasidan viloyat xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi mutasaddilarining hisoboti tinglandi.
– Shu kunga qadar tadbirkorlar tomonidan 44 milliard so‘m investitsiya kiritildi va 952 ish o‘rni yaratildi, – deydi viloyat xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Ikromov. – Bu jarayon izchil davom etmoqda. Biroq, ayrim “nol” qiymatda berilgan obyektlarda xomashyo, elektr, gaz ta’minoti va boshqa masalalarda muammolar borligi mulkdorlar faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmayapti. Shu bois ularga amaliy yordam berish, muammolarini ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalarga biznes-reja tuzish, kredit olish, xodimlar malakasini oshirish kabi boshqa masalalarda ham amaliy yordam berilayotir.
Yig‘ilishda viloyat Kengashi deputatlari, partiya deputatlik guruhi a’zolari va boshqalar tomonidan o‘zlari saylangan hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasalari, suzish havzasi, choyxona kabi ayrim obyektlarni xususiylashtirish, “nol" qiymatda berish borasidagi kamchilik va muammolar o‘rtaga tashlandi. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki viloyat bosh boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari davlat mulki xususiylashtirib berilgan yoki investitsiya kiritish, yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan obyektlarni “nol” qiymatda qabul qilib olgan tadbirkorlarga kredit, soliq yo‘nalishlarida yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbirda viloyatdagi ichki yo‘llarning holati, ularni ta’mirlash bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham muhokama qilindi.
– Yo‘llarni asfalt qilish uchun 39 milliard, ichki xo‘jalik yo‘llarini qattiq qoplamali shag‘al bilan tekislash uchun 17,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan, – deydi “Namanganavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Ismoilov. – Ish dastur asosida olib borilmoqda. "Namanganavtoyo‘l”ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 12 yangi texnika ajratildi, bitum ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Yil davomida bu ishlar davom ettirilib, tuman, shahar va qishloqlardagi 284 kilometr ichki ko‘chalar qattiq qoplamali yo‘llarga aylantiriladi.
Kun tartibidagi masalalarni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Manba: O‘zA
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish